Ijtimoiy masala

Assalomu alaykum! Ustozlar, ko‘chada taksis va marshrutlarni dastidan yurib bo‘lmayapti. Ketayotgan yo‘lida povorotnikni yoqmasdan xam klient chiqib qolsa xohlagancha burilishidi. Yoki svetoforga yaqin joylarda to‘xtab xohlagancha narxini kelishib turishadi. Tabiiyki orqamda bir qancha mashinalar to‘planib ketadi va men signal chalishga majbur bo‘laman. Yana nega chalasan deb jaxl qilishadi. Axir boshkalarga ziyon keltirib topilgan pul buyurmaydiku. Qancha odam o‘sha taksislarni xaqorat qilib ketadi. Sizlarni kanalingizni deyarli butun O‘zbekiston kuzatadi, iltimos shu masalada tarbiyaga chaqirib yozinglar. Avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. وَعَنْ حُسَيْنٍ الْمُعَلِّمِ قَالَ: حَدَّثَنَا قَتَادَةُ، عَنْ أَنَسٍ، عَنِ النَّبِيِّ  صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: لَا يُؤْمِنُ أَحَدُكُمْ حَتَّى يُحِبَّ لِأَخِيهِ مَا يُحِبُّ لِنَفْسِهِ  Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Hech biringiz o‘zi uchun yaxshi ko‘rgan narsani birodariga ham ravo ko‘rmagunicha mo‘min bo‘la olmaydi», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy).
Ushbu hadis dinimizning torozisi hisoblangan hadisdir. Ya’ni birordaring senga nima deyishini xohlasang unga ham o‘shani gapir. Nimani berishini xohlasang unga ham o‘shani ber. Seni hurmat qilishini xohlasang sen ham hurmat qil. Kulib oqishini xohlasang kulib boq. Seni xursand qilishini xohlasang sen ham xursand qil. Seni xaqorat qilishini xohlamasang sen ham haqorat qilma, urishini xohlamasang urma, obro‘yingni to‘kishini xohlamasang obro‘sini to‘kma, yuzini burishtirib boqishini xohlamasang sen ham yuzingni burishtirma, senga qanday munosbatda bo‘lishlarini xohlamasang sen ham o‘shanday munosabatda bo‘lma. Alloh taolo “Mutoffifun” surasid marhamat qiladi.  وَيْلٌ لِّلْمُطَفِّفِينَ۝ 1. Vayl bo‘lsin o‘lchovdan urib qoluvchilarga.
«Vayl» so‘zining ikki xil ma’nosi bor, biri «Voy bo‘lsin», ikkinchisi esa do‘zaxning nomlaridan biri «Vayl», ya’ni «O‘lchovdan urib qoluvchilarga Vayl do‘zaxi bo‘lsin» deganidir. الَّذِينَ إِذَا اكْتَالُواْ عَلَى النَّاسِ يَسْتَوْفُونَ۝  وَإِذَا كَالُوهُمْ أَو وَّزَنُوهُمْ يُخْسِرُونَ۝ 2. Ular odamlardan narsa o‘lchab olsalar, to‘liq olarlar.
3. Va agar odamlarga o‘lchab yoki tortib bersalar, kamaytirarlar.
Bu urib qolish faqat torozuda tortiladigan narsalargagina tegishli emas, balki hamma narsaga tegishlidir. Oddiy misol insonlar sizga kulib boqishadi siz xo‘mrayib boqasiz, birovlar sizni hurmat qilishlarini talab qilasizda o‘zingiz ularni hurmat qilmaysiz, o‘zingiz birovlarni yo‘lini kesib o‘tasiz o‘zingiznikini kesib o‘tishsa haqoratlaysiz, sizga sotayotganlarga narxini pasaytirib berishini talab qilasiz o‘zingizni molingizni narxini pasaytirishsa o‘shqirasiz, qizingizga shahvat nazari bilan birovlar qarasa jahlingiz chiqadi o‘zingiz esa bemalol birovlarni qizlariga eb yubogudek qilib qaraysiz va hokazolar. Bu narsa har qadamda har bir ishda bo‘ladi. Biz din deganda “Qalbim toza bo‘lsa bo‘ldi” degan gapga o‘rganib qolganmiz. Yana biroz “ilm”dan xabardor bo‘lganlari namoz va ro‘zani ham qo‘shib qo‘yishadi. Bular dinning bir bo‘lagi bo‘lganidek ijtimoiy odoblar ham dinimizning katta bir bo‘lagidir. Ayollarimiz kiyimlaridan mahrum bo‘lganlaridek jamiyatimiz ham dinning bu bo‘lagidan ham ancha mahrum bo‘lib qolgan. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 03:29 | Savol-javoblar | 145 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar