Target bo‘yicha
Assalomu alaykum! Men target qilib mahsulot sotaman shunda bir mahsulotni reklama qilgandim. Bizga reklama matnlari berilganidi lekin bu mahsulot reklamada berilgan matndagi xususiyatlarga ega emas ekan, shuni bilganimdan so‘ng ozgina sotdim keyin bu mahsulotni sotishni to‘xtatdim. Hozirda shu mahsulotlardan kelgan foydadan tushgan pulim bor va oldin kelgan pullarini ham shu ishni qilish uchun ishlatganman endi hozirda bor pulimni savob umid qilmasdan sadaqa qilib yuborib boshqattan pul tikib ishni qaytadan boshlashni mo‘ljallavaman shu ishim to‘g‘ri bo‘ladimi chunki undan kelgan foyda pullarini ham shu ishga ishlatganman yoki boshqacha yo‘l tutishim kerakmi. Yana bir savolim bor edi sotayorgan mahsulotimiz uchun rasm beriladi shu rasm asl rasmidan boshqacha bo‘lishi mumkin shu narsani qo‘yish joiz bo‘ladimi, chunki mijoz aynan rasmdagi tovarni emas boshqacha ko‘rinishdagi mahsulotni oladi masalan rangi boshqacha bo‘lishi mumkin yoki shakli rasmdan biroz boshqacha bo‘lishi mumkin olgan odam har xil holatda buyurtmani bekor qilishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha harom pullar va ulardan ko‘rilgan foydani savob umid qilmay sadaqa qilasiz. Mahsulotning asl rasmi deya soxta rasmni ko‘rsatish aldov va yolg‘on guvohlik berish hisoblanadi.عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سُئِلَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنِ الْكَبَائِرِ، قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ، وَقَتْلُ النَّفْسِ، وَشَهَادَةُ الزُّورِ». تَابَعَهُ غُنْدَرٌ وَأَبُو عَامِرٍ وَبَهْزٌ وَعَبْدُ الصَّمَدِ عَنْ شُعْبَةَAnas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan katta gunohlar haqida so‘rashdi. U zot: «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish, odam o‘ldirish va yolg‘on guvohlik berish», dedilar». عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «أَلَا أُنَبِّئُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟» قُلْنَا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ. قَالَ: «الْإِشْرَاكُ بِاللهِ، وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ». وَكَانَ مُتَّكِئًا فَجَلَسَ فَقَالَ: «أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ، أَلَا وَقَوْلُ الزُّورِ وَشَهَادَةُ الزُّورِ». فَمَا زَالَ يَقُولُهَا حَتَّى قُلْتُ: لَا يَسْكُتُAbdurrahmon ibn Abu Bakra otasi roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Hoy! Sizlarga kabiralarning eng kattasini ma’lum qilaymi?» dedilar. «Ha, ey Allohning Rasuli» dedik. «Allohga shirk keltirish, ota-onaga oq bo‘lish», dedilar. U zot suyanib o‘tirgan edilar, o‘tirdilar-da: «Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham! Hoy, yolg‘on so‘z va yolg‘on guvohlik berish ham!» dedilar. U zot buni aytaverdilar, hatto to‘xtamasalar kerak, deb qoldim». ("Oltin silsila" kitobidan "Sahihul Buxoriy"). Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 10:10 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat