Muolaja istab

Assalomu alaykum va raxmatullohi va barokatu hurmatli SHAYX XAZRATLARI sizdan bir holatning muolajasini so‘ramoqchi edim.Bir o‘qituvchi shaxrimizdagi kollejlardan birida ishlaydi,ya‘ni dars beradi.1 yilda o‘quvchilarga 2 marta imtihon bo‘ladi.Imtihon baxosi o‘quvchilarning reyting daftarchasiga qo‘yiladi.Ming afsuski ko‘pgina o‘quvchilar 3 baxo bilan ham imtihondan o‘ta olishmaydi va ba‘zi o‘quvchilar baxo olish uchun, ba‘zilari esa reyting daftarchasidagi baxolar faqat 5 bo‘lishi uchun ham o‘qituvchiga ma‘lum bir miqdordagi pul berib baxo olishni taklif qilishadi.O‘qituvchi o‘quvchini bilimiga ko‘ra umuman baxo qo‘ymasa deyarli 50-60 % o‘quvchi haydalishi kerak buni esa iloji yo‘q chunki ma‘muriyat turli baxonalar bilan o‘sha o‘qituvchini o‘zini haydashadi,yoki bu ishni amalga oshirishni to‘xtatadi.O‘qituvchi o‘quvchi rozi bo‘lib bergan pulni olib baxo qo‘yib berishi kerakmi? Bu 1-halot.Ikkinchi holatda esa o‘qituvchilarning o‘zlari ma‘lum miqdordagi pulni o‘quvchidan talab qilib baxo qo‘yishini aytadi o‘quvchi rozi bo‘lib o‘sha pulni berib baxo oladi,ya‘ni o‘quvchi baribir o‘qisa ham foydasi yo‘qligini, o‘zlashtira ololmasligini aytib rozi bo‘ladi.Bu ikki holatda o‘qituvchi nima qilishi kerak? Agarda pul olib qo‘yib shu holatlardan birini o‘qituvchi boshidan o‘tkazgan bo‘lsa nima qilishi kerak.Nima qilsa haromdan uzoqda bo‘ladi?Javobi uchun oldindan raxmat.OLLOX siz va biz barchamizdan rozi bo‘lsin.OMIN.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Tamagirlik bilan pul olib baho qo‘yish mutlaqo mumkin emas.- O‘zi istab berganda ham pul olib baho qo‘yish mumkin emas.- Bu harom ishni qilmagani uchun ishdan haydalib maoshsiz qolish xavfi bo‘lsa, oddiy varaqqa bor bahoni qo‘yib idoraga bersin. Ular nima qilsa o‘zi biladi va o‘zi javob beradi.

7 May 2022, 10:49 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar