Oyatlar kursi va salovat

Shayh hazratlari, Alloh Sizga u dunyo bu dunyo saodatini bersin. Ushbu qilayotgan savobli ishlaringiz, ya’ni onlayn orqali berayotgan islomiy bilimlaringiz, biz horijda yurgan musofir musulmonlar uchun juda qo‘l kelmoqda, ayniqsa savol -javob bo‘limidan biz o‘zimiz uchun kundalik hayotda uchrayotgan echimi mushkul bo‘lgan savollarga tezlik bilan javob topmoqdamiz. Shayx Hazratlari savolim quyidagicha edi: Men bu erda ya’ni AQShning shtatlarini birida oilam bilan yashayman. Men yashaydigan erda bir kichik masjid bor. Men u erga hufton va juma namozlarini o‘qigani chiqib turaman, bu erda har-hil millat vakillari namoz o‘qishadi. Lekin farzni hammamiz jamoa bo‘lib o‘qiymiz, bu erdagilar namozdan keyin o‘qiladigan “oyatal kursi va salovat” larni farz namozidan keyin o‘qishadi va yuzlariga kaftlari bilan duo tortmaydilar. Shunday qilish to‘g‘rimi? Shu masalada menga yordam bersangiz, bu erlarda o‘zbekcha islomiy adabiyotlar topish biroz mushkul, islomiy masalada qanday savol bo‘lsa, internet orqali topishga harakat qilamiz. Javobingiz uchun oldindan minnatdorchilik bildiraman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ularning mazhablari boshqa yoki bemazhab odamlar. Siz esa, o‘zimizning mazhabdagi, o‘zingiz bilan narsalarga amal qilavering. Bizning mazhabda farzdan keyingi sunnat namozlar farzni to‘ldiruvchi hisoblanadi. Shuning uchun sunnatdan keyin salovot va kursiy oyatini o‘qib duo qilinadi.

27 Aprel 2022, 16:23 | Savol-javoblar | 181 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar