Xaj ibodati uchun sarmoya
Assalomu alaykum! O‘zim va axli ayolim uchun Xaj ibodatini niyat qilgan xolda xonadonimda ko‘zga ko‘rinadigan joyda quti qo‘yib xar oylik maoshimdan orttirib pul tashlamokchiman. Savolim shundayki, agarda uyimizga kelgan mexmonlardan biror kishi mening xam xissam qo‘shilsin degan niyatda shu qutiga pul tashlasa bo‘ladimi? Agar pul tashlashi joiz bo‘lsa uning tashlagan puli xalol yoki xaromdan topilgani shubxada bo‘lsam(o‘zidan so‘rash noqulaylik tug‘dirishi mumkin) qanday yo‘l tutishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qilmoqchi bo‘lgan bu ishingiz sadaqa so‘rashga o‘xshab qoladi. Shariatimiz iffatli bo‘lishga, og‘ir zaruratsiz o‘zgalardan yordam so‘ramaslikka chaqiradi. Maqsadingiz haj ibodatini bajarish bo‘lsa ham bashardan mol so‘rab yuzingiz suvini ketkazmang. Vallohu a’lam!
20 Sentabr 2022, 19:49 | Savol-javoblar | 130 | Ibodatlar