Azador xonadonda ko‘zgularning berkitilib qo‘yishi haqida

Aza uchun taziya bo‘lgan xonadonda ko‘zgular berkitilib qo‘yilar ekan. Bu holat Buxoroliklarda qilinar ekan. Men buning bid’at ekanligini tushuntirmoqchi bo‘lsam menga dinda bor deyishyapti. Shuning uchun sizga murojaat qilishni lozim topdim va ularga xam sizning javobingizni bildirib qo‘ymoqchiman. Iltimos, bunga oydinlik kiritib bersangiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu bid’at. Dinda bor bo‘lsa, hujjat keltirishsin.

30 Aprel 2022, 18:46 | Savol-javoblar | 176 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar