Avtobusda namoz
Assalomu alaykum! Men uyimga xar kuni 110 km masofadan qatnab ishlayman. Ishga ishxonamizning vaxta avtobusida qatnaymiz. Ko‘pincha asr yoki shom namozlarining vaqti mening ishdan ishxona avtobusida qaytayotgan vaqtimga to‘g‘ri keladi. Xar kuni xaydovchiga aytib, avtobusni to‘xtatib, erga tushib namozni vaqtida o‘qib olish imkoniyatim yo‘q. Uyga etib borgunimcha esa namoz vaqti o‘tib ketib qoladi. Shuning uchun maslaxat bersangizlar, namozni yurib ketayotgan avtobusda o‘qib olganim yaxshimi yoki qazosini uyga borib o‘qiganimmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar qiblani tayin qilib va tik turib, ruk’u va sajdalari, tashahhudlarini ham to‘liq ado qila olsangiz avtobusda ketayotib ham o‘qishingiz mumkin. Ammo namozni farzlari topilmasa u namoz zimmadan ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 13:22 | Savol-javoblar | 157 | Namoz