Bid’atni tushuntirsam quloq solishmayapti
Assalomu alaykum! Qilayotgan yaxshi amallaringizga Alloh ajr bersin. Savolim quyidagicha : Shayx xazratlarini bidat, islomda yo‘q deb aytgan amallarini xammasini o‘z xayotimdan chiqarib tashlaganman. Yaqinlarim o‘sha amallardan ayrimlarini bidat emas, mumkin deb aytgan kichik imomlarning maruzalari bilan dalil qilib menga ko‘rsatib mumkin deyishmoqda. Menga ko‘proq Shayx xazratlarini so‘zlari muximroq, ilmlari ancha yuqori inson bo‘lganlar deb aytsam quloq solishmayapti. Umuman bir masalada kimning aytgan gapi muximroq ekanini tushintirib qo‘ysangizlar. Javobni telegram tarmog‘iga qo‘yishingizni iltimos qilaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Insonning najoti sof aqiydaga bog‘liq. Ko‘rmaysizmi g‘ayridinlarni Alloh taolo Qur’on karimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam esa hadislarida jahannam ahlidan deb aytganlar. Holbuki ularning juda ko‘plari musulmonlar qiladigan ibodatdan ortig‘ini qiladilar, o‘zlari ibodat qiladigan narsalariga ham muhabbatlari ming chandon ziyoda bo‘ladi. Chunki ular Alloh va rasuli, oxirat haqida to‘g‘ri e’tiqodda emaslar. To‘g‘ri e’tiqodda bo‘lishi uchun ilmi sahih bo‘lishi kerak. To‘g‘ri ilmni esa Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan, u zotdan keyin sahobalar, tobe’in, taba’-tobe’inlardan va ularga silsilasi ulanib davom etib kelayotgan ustozlardan o‘rganish shart. Alloh taolo Qur’on karimda bu silsila qiyomatgacha davom etishini bayon qilgan. Boshqa toifalar esa bir chiqib gurillab alanga oladi, so‘nadi. Yana boshqasi chiqadi va yana so‘nadi. Silsilali ilm esa davom etaveradi. Siz ham ilm olishda o‘shandek ustozlardan oling va o‘shandek ustozlarning kitoblarini olib o‘qing. Bid’at ham e’tiqoddagi xatoliklarga kiradi. Chunki bid’at dinda yo‘q narsa dindan deyishdir. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 01:43 | Savol-javoblar | 131 | Turli savollar