Qorboboni qo‘shib tilak bildirish haqida
Ijtimoiy tarmoqdagi ba’zi muslima opa-singillarimiz "qorbobo, kelasi yilda menga bunday narsa ber", "qorbobo, do‘stlarimga mana bunday narsalarni berishingni tilayman" qabilida niyatlarini e’lon qilishadi. O‘tgan yili yana biri "Qorbobo, yangi yilda menga farzand ber", deb yozgan ekan, unga “bunday qilish mumkin emas” desam, men "Qorbobo deganda Allohni nazarda tutganman" deb javob berdi. Bilishimcha, u opa-singillarimiz qorboboga ishonishmaydi, shunchaki ramziy ma’noda shunday yozishadi. Ammo ramziy ma’noda bo‘lsa ham bu shirk bo‘lib qolmaydimi? Niyatlarini Allohdan boshqa hech kim ijobat qilmasligini bilib turgan holda ramziy ma’noda bo‘lsa ham qorboboni qo‘shib tilak tilash shirkka kiradimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, shirk bo‘ladi. “Alloh” deyishning o‘zi ibodatdir. Ularning gapi “Alloh” deyishdan qochishdan boshqa narsa emas.
26 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar