Hayit bayrami haqida

Assalomu alaykum! Barchamizga muborak hayit ayyomi qutlug‘ bo‘lsin. Savolim: Iyd al fitr va Iyd al adxa bayramlaridan qaysi biri katta hayit hisoblanadi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Imom Navaviy rahmatullohi alayh arafa kuni haqida : “Bugungi kun yil kunlarining eng afzalidir. Inson bugungi kunini zikr, duo va tilovati Qur’onga bag‘ishlamog‘i kerak. Duolarning har bir turi bilan duo qilmog‘i, zikrlarni har bir turlari bilan zikr qilmog‘i kerak. O‘zi, ota-onasi, yaqinlari, ustozlari va o‘ziga yaxshilik qilgan barcha insonlarga va ommatan musulmonlarning haqqiga duo qilishi kerak. Bugungi kunda ozgina bo‘lsa ham beparvolikdan saqlansin, chunki bugungi kunni yana shu kun kelgunicha topib bo‘lmaydi” deganlar. وَقَالَتْ عَائِشَةُ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا: عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَا مِنْ يَوْمٍ أَكْثَرَ مِنْ أَنْ يُعْتِقَ اللهُ فِيهِ عَبْدًا مِنَ النَّارِ مِنْ يَوْمِ عَرَفَةَ، وَإِنَّهُ لَيَدْنُو ثُمَّ يُبَاهِي بِهِمُ الْمَلَائِكَةَ فَيَقُولُ: مَا أَرَادَ هَؤُلَاءِ؟ رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالنَّسَائِيُّ Oisha roziyallohu anho aytdi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arofat kunichalik Alloh bandani do‘zaxdan ko‘proq ozod qiladigan kun yo‘qdir. Albatta, U zot yaqinlashib keladi va farishtalar oldida ular bilan faxrlanib: «Anavilar nimani iroda qildilar?» deydi», dedilar». Muslim va Nasaiy rivoyat qilganlar. Sharh: Bu hadisi sharifda Nabiy sollallohu alayhi vasallam haj kunlaridan biri bo‘lmish Arofat kunining fazli haqida so‘z yuritmoqdalar. Alloh taolo bandalarini do‘zaxdan eng ko‘p ozod qiladigan kun Arofat kuni ekan. Chunki Arofatda turgan kishilar tavbani eng ko‘p qiladigan kishilar bo‘lib, ularning o‘zlarini xoru zor tutishlarini ko‘rib, Alloh taolo farishtalar oldida ular bilan faxrlanadi. Shuning uchun Arofatda turish baxtiga musharraf bo‘lgan har bir banda o‘sha kunning ulug‘ fazlidan bahramand bo‘lib qolish uchun qattiq harakat qilishi kerak. Xuddi ana shu kuni u Alloh taolo do‘zaxdan ozod qilgan saodatmandlar jumlasidan bo‘lib qolishi mumkin. «Albatta, U zot yaqinlashib keladi va farishtalar oldida ular bilan faxrlanib: «Anavilar nimani iroda qildilar?» deydi». Bu hodisa ham Arofat kuni bo‘ladi. Alloh taolo farishtalari oldida hajga borgan bandalari bilan faxrlanadi. Bu hajning ulkan fazilati bo‘lib, bu maqomga faqatgina haj qilgan bandagina erishishi mumkin. ("Hadis va Hayot" kitobidan). عَنْ أَبِى قَتَادَةَ  رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِىِّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم قَالَ: صَوْمُ عَرَفَةَ، كَفَّارَةُ سَنَتَيْنِ: سَنَةٍ قَبْلَهُ، وَسَنَةٍ بَعْدَهُ Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro‘zasi ikki yilga kafforatdir: undan oldingi va undan keyingi yilga...», dedilar». عَنْ أَبِي قَتَادَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، أَنَّ النَّبِيَّ صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم، قَالَ : صِيَامُ يَوْمِ عَرَفَةَ، إِنِّي أَحْتَسِبُ عَلَى اللَّهِ، أَنْ يُكَفِّرَ السَّنَةَ الَّتِي قَبْلَهُ، وَالسَّنَةَ الَّتِي بَعْدَهُ Abu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Arafa kunining ro‘zasi sababli Alloh taolo undan oldingi bir yil va undan keyingi bir yilni kafforat qilishini umid qilaman», dedilar». Imom Muslim rivoyati. Hayit kuni, o‘sha gunohlardan mag‘firat qilinganligining hursandchiligini nishonlaydigan kundir. Vallohu a’lam!

1 May 2022, 09:20 | Savol-javoblar | 168 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar