Odami(parilari) bor odamlar
Assalomu alaykum! Odamlar orasida insonlarga dam soladigan insonlarni odami (parisi) bor degan gap bor lekin bu haqida hech qaerda yozma manbalar topolmadim. Shu mavzuda tushuncha bersangiz
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Undaylar kofir jinlar bilan muloqotda bo‘ladigan kazzob, yolg‘onchi va Alloh harom qilgan ishni qiluvchilar bo‘ladi. G‘aybni va ko‘rmagan narsalarini da’vo qilishadi, ular folbinlar. Ular nima deyishlaridan qat’iy nazar odamlarim bor degan gaplarga ishonish kerak emas. Ularni namozxonligi, domlalarga o‘xshab kiyinib olishlari yoki Qur’ondan 1-2 sura yodlab birovlarga o‘qib dam solishi aldab qo‘ymaslik kerak. Sharatimizda ularni oldiga borish yoki ularni gapini tasdiqlash kuf hisoblanadi. عَنْ بَعْضِ أُمُّهَاتِ الْمُؤمِنِينَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُنَّ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا فَسَأَلَهُ عَنْ شَيْءٍ لَمْ تُقْبَلْ لَهُ صَلَاةٌ أَرْبَعِينَ لَيْلَةً. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَحْمَدُ وَلَفْظُهُ: مَنْ أَتَى عَرَّافًا أَوْ كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ فَقَدْ كَفَرَ بِمَا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَMo‘minlarning onalari roziyallohu anhunnaning ba’zilaridan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim arrofga kelib, undan biror narsa haqida so‘rasa, uning namozi qirq kechagacha qabul bo‘lmas», dedilar».
Muslim va Ahmad rivoyat qilganlar.
Ahmadning lafzida:
«Kim arrofga yoki kohinga kelib, uning aytganini tasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo‘lgan narsaga kufr keltiribdi» deyilgan.
Sharh: Haqiqiy mo‘min uchun qirq kunlik emas, bir mahal namozining qabul bo‘lmay qolishi ulkan musibatdir. Bu musibat faqatgina folbinga borib, undan bir narsa haqida so‘rashning jazosidir. Uning aytganiga ishonadimi yo‘qmi, farqi yo‘q.
Ammo kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa, kufrga ketgan bo‘lar ekan. Allohning O‘zi asrasin!عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ أَتَى كَاهِنًا فَصَدَّقَهُ بِمَا يَقُولُ أَوْ أَتَى امْرَأَتَهُ حَائِضًا أَوْ أَتَى امْرَأَتَهُ فِي دُبُرِهَا فَقَدْ بَرِئَ مِمَّا أُنْزِلَ عَلَى مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ أَصْحَابُ السُّنَنِAbu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim folbinga borib, uning aytganini tasdiqlasa yoki xotiniga hayz chog‘ida yaqinlik qilsa yoki xotinining orqasiga yaqinlik qilsa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil etilgan narsadan tonibdi», dedilar».
«Sunan» egalari rivoyat qilganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
14 May 2022, 13:40 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar