Qarz yoki ribomi

Assalomu alaykum! 2017-yilda bir tanishimni onamni biznesi uchun pul tiking degan maslaxati bilan tanishimga berdim. Biznesi esa chetdan tovar olib kelib sotib menga foydadan xar oy 1000$ berishi buyicha ogzaki kelishib, unga 13.000$ pul berdim. 6 oygacha menga xar oy 1.000$ dan jami 6.000$ pul berdi, keyinchalik yana 5.000$ pul berdi, lekin men bergan pulni u tanishim xammasini onasini biznesga tikmasdan karzlariga berib yuborgan ekan, xozirda men undan qolgan 8.000$ qarzingni qaytar desam u umuman qarzim yo‘q deyapti. 1). Men bergan pulim ribo emasmi? 2). U tanishimni xarakati to‘g‘rimi? 3). Meni xarakatlarimchi
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sudxo‘rlik qilib qo‘yibsizlar. Shariatimizda foydani aniq summalarga tayin qilish joiz emas. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:29 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar