Yoshlik paytimda meniki deb o‘ylab olgan pulim

Assalomu alaykum! Bu voqeaga 10-15 yil atrofida vaqt bo‘lgan. Yoshlik paytimda bir yo‘lovchi mashinada manzilimga kelib pulini berib tushayotim qarasam men o‘tirgan o‘rindiq ustida 500 so‘m pul turgan ekan. (U pul meniki ekanligiga ishonchim komil edi. o‘sha payt shafyorning yonidagi o‘rindiqda o‘tirgan edim) Va men "iyi pulim tushib qolibdi deb u pulni oldim va shafyor ham ko‘rib indamadi.(haqiqatda u pul meniki deb o‘ylagan edimda) So‘ng uyga kirib ketayotib qarasam boshqa jo‘ntagimda 500so‘m pul turibdi va ko‘nglimga g‘ashlik tushdi. Keyin ahli ilm qo‘shnimdan shu haqida aytib bergan edim u pulni ehson qilib yubor dedi (u insonni nomidan ehson qil deganmi yoqmi eslayolmayman). Va u aytganday qildim. (u pulni ehson qilib yubordim shekli unisiniyam aniq eslolmayman) Men endi qanday yo‘l tutay?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday holatda o‘sha pul egasini topib, unga qaytarishingiz lozim. Agar topishni imkoni bo‘lmasa, uning nomidan ehson qilib yuborasiz. Agar egasi topilib qolsa, to‘lab berasiz. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 136 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar