Saytlar sotish

Assalomu alaykum! "Otdel prodaj" yo‘nalishga ishga kirdim. U erga borganimda men nima qilishim kerakligi haqida aytib o‘tishdi: Tayyor proektlarni (ya’ni saytlarni) men klientlarga sotishim kerak, ya’ni u klientga aynan nima kerakligi aytadi, men esa shunga qarab tayyor saytlarni sotaman unga va shu sotilgan saytlardan qanchadir foiz menga ish haqqa bo‘ladi. Agar o‘sha men sotayotgan saytda nomahramlarning rasmi bo‘lsa, ya’ni hamma joyi ochiq emas albatta, masalan: ish kiyimida bo‘lishi mumkin. Shunaqa rasmlar bor saytlarni sotsam joizmi (u saytidagi rasmni men qo‘ymayman)? Va umuman shu ishda ishlash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu ishda ishlashingiz joiz. Shu shart bilanki sotayotgan mahsulotlaringizda shariatda man qilingan narsalar bo‘lmasin. Vallohu a’lam!

6 Avgust 2022, 14:32 | Savol-javoblar | 177 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar