Umra o‘tadimi?

Assalomu alaykum! Men oilam bilan yana ikki (bittasi oilasi bilan ikkichisini oilasi qolgan qishloqda) akam va singlim bir necha yildan beri Moskva shaxrida yashab va ishlaymiz. Ikkinchi akam shu erda bir rus bilan yashaydi. Uni xech yo‘ldan qaytara olmadik. Xar xil yo‘l tutib ko‘rdik lekin qaytara olmadik. Yaqinda uch aka uka yig‘ishilib otajonim va onajonimni umra safariga jo‘natdik. Xajd safariga jo‘nataylik desak kvota 2024-yilgacha yo‘q ekan Qirgizistonda. Savolim shandan iboratki akamni unday yurishiga otajonim va onajonimni umra safarlari durust bo‘ladim?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ota-onangiz umra amallarini to‘g‘ri bajargan bo‘lsalar fiqhiy jihatdan ibodatlari durust. Uning qabul bo‘lishi esa faqat Allohga ayondir. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 201 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar