G‘ayridindan qarz bo‘lish
Assalomu alaykum! Hozirgi kunda tadbirkorlikka keng imkoniyatlar yaratilgan, tadbirkorlarimiz chet davlatlar bilan savdo ishlarini olib borishmokda. Oldi berdi bo‘lgandan keyin qarzdorlik xam bo‘ladi. Bir tanishimiz g‘ayridindan qarzdor bo‘lib pulini bermasa va qazo qilgandan keyin qiyomatda adolat tarozisida xisob qilinganda g‘ayridin qarzim xisobiga iymonini bersin desa iymoni olib berilarkan dedi. Shu qanchalik to‘g‘ri? Javob uchun ollindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Avvalo g‘ayridindan qarz olish joiz, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va sahobalar ba’zi holatlarda yahudiylardan qarz olganlar. Buning sababi yahudiylar molga juda o‘ch bo‘lganlari uchun qarzni qiyomatga qoldirishga aslo yo‘l qo‘yishmagan. Olgan odamning eslaridan chiqib qarz qiyomatga qolib ketishi juda xatarli ish bo‘lganidan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bu juda ham yoqar edi. Iymonini talab qilish to‘g‘risida birorta ham hids bilmaymiz. Ammo musulmondan olganidan og‘irroq bo‘lishini bilamiz. Vallohu a’lam!
6 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 169 | Turli savollar