Munofiqmanmi?
Assalomu alaykum! Ertalab turib bomdod namozini o‘qib bo‘lib qodir bo‘lganimcha Qur’onni tilovat qilaman, tafsir yoki diniy kitoblar o‘qiyman. Ba’zida qalbim yumshaydi, ko‘zlarim xam yoshlanadi. Lekin afsuski bu xolat uzoq davom etmaydi. Ostona xatlab ko‘chaga chiqishim bilan nafsim g‘olib kelishni boshlaydi, ko‘zlarim olma terib yarim-yalang‘och kiyingan xotin-qizlarga ko‘zim tushadi va xolatim butunlay o‘zgaradi, shaxvatim qo‘zib, nafsim g‘olib kelaboshlaydi, zinoga maylim ortadi. Uylanganman. halol kasb qilish payidaman doim. Nazarga nazarni ergashtirmaslikka xarakat qilaman, lekin ko‘p xollarda bir marta nazarim tushishi xam chirkin shaxvatim qo‘zishiga kifoya qilib qoladi. Garchi gunoxi kabira ekanini bilsamda zinoga maylim ortadi. Shu xolatim munofiklik emasmi? Bomdoddan keyin doim «nafsimni yomonligidan, shaytonni yomonligidan, ko‘zlarimni yomonligidan» panox tilab duo qilaman. Ko‘z zinosi juda azob beradi. Bu xolatga tushishimni boisini bilolmay qiynalaman. Iltimos, bu xolatimni o‘zgartirishimda foydali bo‘ladigan maslaxat beringizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Quyidagi hadisni doim yodizda tuting. عَنْ حَنْظَلَةَ الْأُسَيْدِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ وَكَانَ مِنْ كُتَّابِ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، نَافَقَ حَنْظَلَةُ، قَالَ: وَمَا ذَاكَ؟ قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ، نَكُونُ عِنْدَكَ تُذَكِّرُنَا بِالنَّارِ وَالْجَنَّةِ حَتَّى كَأَنَّا رَأْيُ عَيْنٍ، فَإِذَا خَرَجْنَا مِنْ عِنْدِكَ عَافَسْنَا الْأَزْوَاجَ وَالْأَوْلَادَ وَالضَّيْعَاتِ نَسِينَا كَثِيرًا، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: وَالَّذِي نَفْسِي بِيَدِهِ إِنْ لَوْ تَدُومُونَ عَلَى مَا تَكُونُونَ عِنْدِي وَفِي الذِّكْرِ لَصَافَحَتْكُمُ الْمَلَائِكَةُ عَلَى فُرُشِكُمْ وَفِي طُرُقِكُمْ، وَلَكِنْ يَا حَنْظَلَةُ سَاعَةً وَسَاعَةً، ثَلَاثَ مَرَّاتٍ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَالتِّرْمِذِيُّ فِي الرَّقَائِقِ. وَلَفْظُ الْأَخِيرِ: لَوْ تَدُومُونَ عَلَى الْحَالِ الَّذِي تَقُومُونَ بِهَا مِنْ عِنْدِي لَصَافَحَتْكُمُ الْمَلَائِكَةُ فِي مَجَالِسِكُمْ وَفِي طُرُقِكُمْ وَعَلَى فُرُشِكُمْ، وَلَكِنْ يَا حَنْظَلَةُ سَاعَةً وَسَاعَةً وَسَاعَةً وَسَاعَةً Hanzala al-Usadiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, (u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning kotiblaridan bo‘lgan edi):
«Ey Allohning Rasuli! Hanzala munofiq bo‘ldi», dedim.
«Nima uchun?» dedilar.
«Ey Allohning Rasuli! Sizning huzuringizda bo‘lganimizda do‘zax va jannatni bizga eslatasiz. Hattoki biz ko‘zimiz bilan ko‘rgandek bo‘lamiz. Sizning huzuringizdan chiqqanimizda jufti halollarga, bolalarga va molu dunyo aralashib, ko‘p narsani unutamiz», dedim.
Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«Jonim qo‘lida bo‘lgan Zot bilan qasamki, agar mening huzurimda bo‘lgan holingizda va zikrda bardavom bo‘lsangiz, albatta, to‘shaklaringizda va yo‘llaringizda sizlar bilan farishtalar qo‘l berib ko‘rishar edilar. Lekin, ey Hanzala, bir soat unday, bir soat bunday», deb uch marta aytdilar».
Muslim va Termiziy «Raqoiq»da rivoyat qilganlar. Oxirgi lafzda:
«Agar mening huzurimdan turgan holingizda bardavom bo‘lsangiz, albatta, majlislaringizda, yo‘llaringizda va to‘shaklaringizda sizlar bilan farishtalar qo‘l berib ko‘rishar edilar. Lekin, ey Hanzala, bir soat unday, bir soat bunday, bir soat unday, bir soat bunday», dedilar».
Sharh: Bu hadisi sharif juda ham mashhur hadislardan bo‘lib, uning avvalgi qismi quyidagicha:
«Abu Bakr meni uchratib qolib:
«Qandaysan, ey Hanzala?!» dedi.
«Hanzala munofiq bo‘ldi», dedim.
«Subhanalloh! Nima demoqdasan?!» dedi.
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlarida bo‘lganimizda u zot bizga do‘zax va jannatni eslatadilar. Hattoki biz ko‘zimiz bilan ko‘rgandek bo‘lamiz. U zotning huzurlaridan chiqqanimizda esa jufti halollarga, bolalarga va molu mulkka aralashib, ko‘p narsani unutamiz», dedim.
«Allohga qasamki, biz ham shunga duchor bo‘lamiz!» dedi Abu Bakr.
Men Abu Bakr bilan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bordim. U zotning oldilariga kirib...» deb davom etadi.
Bu hadisi sharifdan ko‘pgina foydalar olinadi:
1. Ustozlar etuk bo‘lsalar, kishilarning ruhiy tarbiya bobida yuqori darajalarga erishishlariga sabab bo‘lishlari mumkinligi.
2. Ustozdan uzoqlashgan shogirdda ruhiy poklik cho‘qqisidan pastlashish bo‘lishi mumkinligi.
3. Farzu vojiblarni ado etgandan keyin nafl ibodatlar, eslatish va zikr tufayli kishilarning ruhiy darajalari har xil bo‘lishi.
4. Ruhiy darajani doimiy ravishda oliy darajada ushlab turish matlub emasligi.
5. Shariat hududida oila, bola-chaqa va molu mulk tashvishida bo‘lish munofiqlik yoki nomarg‘ub narsa emasligi. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!Quyidagi linkda ko‘z zinosi haqidagi savolga ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning bergan javoblarini o‘qishingiz mumkin:https://islom.uz/maqola/4179
14 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 188 | Ruhiy tarbiya