Qiyomatga qoldirish

Assalomu alaykum! Men ho‘jayinim bilan birga dorixonada ishlaymiz. Nasiyaga so‘rab kelganlarga ismini telefon raqamini yozib qo‘yib 1 oy ichida berasizlar deb beramiz. Lekin guvoh olib kelolmaymiz har bir oluvchiga. Xozir shu ismini ham boshqa telefon raqamini ham boshqa aytib aldab ketishayapti bermaymiz desak inson sog‘ligi uchun zarur narsa yo‘q deyolmaymiz. Yana ular so‘rayotkanda shunday odamni ishontirishadi o‘zlarini bechoraxol ko‘rsatib olib kelib berishiga ishontirishadi. Uzoqib ketsa telefon qilsak unaqa odamni tanimayman meni ismim bunaqa emas men falon viloyatdanman deyishadi nahotki musulmonlar shu darajaga kelib qolgan bo‘lsa deb juda siqildim xafa bo‘lib ketdim. Qarzdan yolg‘on dan qo‘rqmay qo‘yishganmi. Shundaylarga qarz qiyomatga qoldi qiyomat da olamiz desak bo‘ladimi insonlarga ishonib zarur bo‘lgani uchun berib ko‘p bor aldandik endi ko‘ngilni qattiqroq qilib Nasiyaga berolmayman desak bo‘ladimi? Yoki Oxiratda shu aldadim deb o‘ylaganlardan baribir haqqimizni olamizku deb yana beraveraylikmi? Javob uchun rahmat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzni qiyomatga qoldirmay, kechib yuborganingiz afzal. Holatingiz ko‘tarsa o‘ta muhtoj insonlar bilan nasiya savdo qilganingiz yaxshi. عن ابي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، انَّ النَّبِيّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: كَانَ رَجُلٌ يُدَايِنُ النَّاسَ، وَكَانَ إِذَا رَأَى إِعْسَارَ الْمُعْسِرِ، قَالَ لِفَتَاهُ: تَجَاوَزْ عَنْهُ، لَعَلَّ اللَّهَ تَعَالَى يَتَجَاوَزُ عَنَّا، فَلَقِيَ اللَّهَ، فَتَجَاوَزَ عَنْهُAbu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar: «Bir kishi odamlar bilan qarz oldi-berdi qilar, yo‘qsil odamning qiynalganini ko‘rsa, qo‘l ostidagi yigitga «Yo‘qsil odamning oldiga qarzini so‘rab borsang, undan kechib yubor, shoyad Alloh taolo bizlardan ham (gunohlarimizni) kechib yuborsa», der edi. U vafot etib, Alloh taologa ro‘baro‘ bo‘lgach, Alloh ham uni(ng gunohlarini) kechib yubordi». عن أَبي قتادة رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ : سَمِعْتُ رسولَ الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يقول: «مَنْ سَرَّهُ أنْ يُنَجِّيَهُ اللهُ مِنْ كُرَبِ يَوْمِ القِيَامَةِ، فَلْيُنَفِّسْ عَنْ مُعْسِرٍ أَوْ يَضَعْ عَنْهُ». رواه مسلمAbu Qatoda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Kim Alloh taolo unga qiyomatning mashaqqatlaridan najot berishini istasa, hech vaqosi yo‘q yoki tang holatdagi insonga bergan qarzining muhlatini uzaytirsin yoki kechib yuborsin», deganlarini eshitdim. 
Muslim rivoyat qilgan.عن أبي اليسر رَضِي اللهُ عَنْهُ قال : قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: من أنظر معسرا، أو وضع له، أظله الله في ظل عرشهAbu Yusr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim tang holatda turgan insonga qarz muhlatini cho‘zib bersa yoki uni kechib yuborsa, Alloh taolo qiyomatda uni O‘z arshi soyasida soyalantiradi», dedilar. عَنْ عِمْرَانَ بْنِ حُصَيْنٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ، قَالَ قَالَ رَسُولُ اللَّهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: مَنْ كَانَ لَهُ عَلَى رَجُلٍ حَقٌّ، فَمَنْ أَخَّرَهُ كَانَ لَهُ بِكُلِّ يَوْمٍ صَدَقَةٌImron ibn Husoyn roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim biror kishiga qarz bergan bo‘lsa, so‘ng uni biroz muddatga uzaytirsa, kechiktirgan har kuni uchun unga sadaqa savobi yoziladi», dedilar». 
Imom Ahmad rivoyat qilgan. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:13 | Savol-javoblar | 192 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar