Islomda yangi kun

Assalamu alaykum! Holam yaqinda qiz chiqargan edi har bir bayramga kuyov bo‘laga sarpo qiladi. Mening savolim shundan iboratki ikki yosh yigit va qiz nikohlangandan keyin kelin tomondan keladigan tog‘oralar kuyov bo‘laning oila azolariga halol bo‘ladimi? 2) Islomda yangi kun qachondan boshlanadi Asr namozidan keyinmi yoki Shom namozidan keyinmi. Payshanba kuni Shom namozidan Juma kuni Shom namozigacha Payg‘ambarimiz (s.a.v) ga ko‘proq salovat ayting deb telegram kanallaridan kelar edi men yangi kun shomdan keyin kirar ekan Deb yurar edim. Kechagi kuni bir o‘rtog‘im Yangi kun Asr namozidan keyin boshlanadi Deb aytdi shunga sizlardan so‘ragan joyim edi. 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bu kabi ishlar bid’at hisoblanadi. Aksar holatlarda kelin tomon norozi bo‘lib berishadi. عن عمرو بن يثربي  رضي الله عنه  قال: قال رسول الله صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : لا يحل مال امرئ مسلم إلا بطيب نفس منه  Amr ibn Yasribiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:  
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Musulmon kishining ko‘ngildan chiqarib bermagan moli halol bo‘lmaydi” deganlar.
Hokim rivoyati.
2). Shom vaqti kirishi bilan yangi kun boshlanadi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 231 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar