Qo‘shimcha yordam

Assalomu alaykum! Men yilda 1 martta ishxonamdan mexnat tatiliga chiqaetganimda, ishxonaning shaxsiy xisob raqamidan sog‘lig‘imni tiklash uchun moddiy yordam so‘rasam buni raxbar ko‘rib chiqib berishi mumkin. savolim shundan iboratki agar men Arizada Menga mexnat tatilim davomida sog‘lig‘imni tiklash uchun moddiy yordam berishingizni so‘rayman deb boshliq nomiga ariza yozsamu ( boshqacha qilib yozib bo‘lmaydi ) menga berilgan pullarni boshqa bir extiyojlarim uchun ishlatsam masalan o‘qishimga, uy tamiriga , oziq-ovqatga shu menga xalol bo‘ladimi ?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yolg‘on ishlatib olgan bo‘lsangiz, hukmi shunga yarasha. “Sog‘lig‘imni tiklash uchun” deb aldamasdan, bor haqiqatni yozing. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 177 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar