Ikkinchi moshina va uy uchun Zakot beriladimi?
Assalomu alaykum! 1. Mani ikkita uyim bor, bittasida o‘zim yashayman ikkinchisida deyarli yashamayman bo‘sh turubdi. Shu bo‘sh turgan uy uchun zakot chiqaramanmi? 2. O‘zimda xar kun foydalaniladigan moshinam bor va yana bitta moshina uchun pul to‘lab qo‘yibman, yangi moshinam xali kelgani yo‘q. Ikkinchi moshina uchun zakot beramanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Pulni band qilish maqsadida kvartira olinsa undan zakot beriladi. Garcha vaqtinchalik ijaraga odam qo‘yilib turilsa ham. Ammo ijaraga qo‘yish maqsadida pul kelib turadigan narsa sifatida kvartira olib ijaraga qo‘yilsa undan zakot berilmaydi. Vallohu a’lam!وَلَوْ آجَرَ عَبْدَهُ أَوْ دَارهِ بِنِصَابٍ إنْ لَمْ يَكُونَا لِلتِّجَارَةِ لَا تَجِبُ مَا لَمْ يَحُلْ الْحَوْلُ بَعْدَ الْقَبْضِ فِي قَوْلِهِ.وَإِنْ كَانَ لِلتِّجَارَةِ كَانَ حُكْمُهُ كَالْقَوِيِّ ؛ لِأَنَّ أُجْرَةَ مَالِ التِّجَارَةِ كَثَمَنِ مَالِ التِّجَارَةِ فِي صَحِيحِ الرِّوَايَةِ.“(Fathul qodir).2). O‘sha to‘lab qo‘ygan pulingiz zakot nisobiga teng yoki undan ko‘proq bo‘lsa o‘shandan zakot to‘laysiz. Vallohu a’lam!
14 May 2022, 14:24 | Savol-javoblar | 163 | Zakot