Operatsiya

Assalomu alaykum! Man 1 hafta bo‘ldi urologicheskiy operatsiya bo‘ludim. Xozircha namoz o‘qimiyamman sababi olatdan perevyaska paytda azgina qon bor va va siydik bitta nuqtadan tushmiyatganligidur. Bu operatsiyam 2 ta etapdan iborat xozircha ochib qo‘yishgan yarasi bitgandan keyin yuvadigan darajaga kelganda boshlamoqchi edim lekin savol javoblarni o‘qib chiqsam qog‘oz salfetkada ham tayammum qilsa bo‘lar ekan. Meni xolatimda xam barcha azolarimni suv bilan yuvib olatni o‘zini salfetkada tayammum qilsam bo‘ladimi? Siydikdan juda ehtiyot bo‘lganimdan namozim betahorat bo‘lib qolmasin qazosini o‘qisam ham degan hayolda edim. Balki noto‘g‘ri fikirdadurman bilmadim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Suv etkazish uzrli bo‘lgan joylarga mash torting, qolgan joylarni yuvib namoz o‘qiyvering. Namozni qoldirishga hech qanday uzr yo‘q. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 156 | Tahorat
|
Boshqa savol-javoblar