Qrimda taroveh namoz

Assalomu alaykum! Men Qrimda ish orqali kelganman va bu erda jome’ masjidda namoz o‘qiyabman.1). Ular xuftonni farzidan avval 4 rakaatli sunnat o‘qiydilar va birinchi tahajudda attahiyotidan keyin "Allohumma sali a’lo va Allohumma borik a’lo"ni o‘qiydilar va 3-chi rakaatni "subhonaka", " auzu va bismilloh" bilan boshlaydilar va taroveh namozini ham aynan shunday 4 rakaatli qilib o‘qidi. Salovotlarni birinchi qa’dada uqish ta’xiri farz bo‘lib sajdai sahv bo‘lmaydimi? Ular ham hanafiy mazhabidamiz deyashadilar. 2) Xuftondan oldin 4 rakaatli namoz bu sunnatmi, mustahabmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ular qilayotgan amal ham durust. Mazhabimizda shunday qavl mavjud. Lekin sahih qavlga ko‘ra peshinning va jumaning to‘rt rak’atli sunnatlaridan boshqa to‘rt rak’atlik nafllarda avvalgi qa’dada salovat aytilmaydi, uchinchi rak’atda sano o‘qilmaydi.2). Mustahab. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:53 | Savol-javoblar | 140 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar