Qarzlar

Assalomu alaykum! 1. Inson pulini malum foizini sadaqa exsonlarga nazr qilib ajratib yursa, keyn qarzi borligini bilib u ajratishini to‘xtatishi kerakmi, to‘xtatsa kafforot vojib bo‘lmaydimi, bolsa qanday kafforot? 2. Davlatdan bank orqali uzoq muddatli to‘lovga shartnoma asosida yillik foizlar bilan xisoblanib(vaqtidan kechiksa peniya tug‘maydi) uy sotib olinsa, lekin vaqtidan avval to‘lasa shartnomada ko‘rsatilgandan arzonga tushsa(shartnomada bu aytilmagan, lekin amalda bo‘lsa) ikki xil kelushuv xisoblanadimi yoki yo‘q? Agar xisoblansa bu kelushuv joiz bo‘ladimi? Joiz bo‘lmasa shartnoma asosida to‘lash kerakmi yoki tezroq qutulish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Sadaqa qilishni nazr qilgan bo‘lsa uni bajarishi vojib. Ammo avval bandalarning qarzini uzadi.2). Siz uy sotib olsangiz, bank uning pulini sizning nomingizdan to‘lab yuborib, so‘ngra sizdan o‘sha pulni ko‘paytirib qaytarib olsa bu ayni ribodir. Agar bank yoki har qanday bir tashkilot o‘zining mulkida bo‘lgan biror uyni sizga bo‘lib to‘lash sharti bilan muayyan muddatga sotsa, to‘lov kechikkan taqdirda jarima solishni shart qilmasa, shartnomada muddatdan avval qarzni yopish uchun chegirma tayinlanmasa bunday savdo joizdir. Ushbu shartnoma tuzilganidan so‘ng, sotuvchi o‘z xohishi bilan pulni tezlatib bergan haridorga chegirma qilib berishi joiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:52 | Savol-javoblar | 141 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar