Ochlik ro‘za

Assalomu alaykum! Shu kecha iftorlikda ovqat edim. Ammo uxlaguncha yana och qoldim. Ertalab uxlab qolibman. Niyat bilan yotgan edim. 6larda ichimda og‘riq bilan uyg‘ondim. Dori ichmadim chidadim. Hozir soat 11 ammo oshqozonim kavlayapti. Gastritim bor. Hatto oshqazonimdan suyuqlik kelyapti og‘zimga. Ozgina isitma chiqib, boshim aylanyapti. Og‘iz ochyapman. Qazo tutamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qattiq ochlik yoki bemorlik tufayli ro‘zani ochgan bo‘lsangiz faqat qazo tutasiz, kafforot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 149 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar