Asrab olingan qizning nikoh shahodatnomasida nasabi

Assalomu alaykum! Men ulashtirilganman, yaqinda to‘yim Inshoalloh. Bo‘lajak kelinning ota-onasi uni chaqaloqligidan ammasi va pochchasiga berganlar (ularning qizlari yo‘qligi uchun). Qiz ammasi va pochchasi yonida ulg‘aygan. Muammo shundaki shu paytgacha uning o‘ziga haqiqiy ota-onasi kimligi aytilmagan. Biz uning ota-onasi (ya’ni ammasi va pochchasi)-ga uning haqiqiy ota-onasi kimligini aytish kerakligini hamda nikoh o‘qilayotganda haqiqiy otasining nomi aytilishi kerakligini tushuntirdik. Bola asrab olish to‘g‘risidagi maqolani o‘qib chiqdim va bu masalada berilgan savollarni ba’zisini ko‘rib chiqdim. Hujjatlarida (shahodatnoma, pasportlar) ham qiz pochchasining nasabi (familiyasi) bilan o‘tkazdirilgan. Savolim shuki nikoh shahodatnomasida uning o‘z otasining nasabi bilan to‘g‘rilab olish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar to‘g‘ri narsani ularga aytibsizlar. Endi hamma hujjatarini imkoni bo‘lsa, to‘g‘rilab olish lozim. Imkoni bo‘lmasa, hujjatdagilar haqiqiy ota-onasi bo‘lmaganini bilsa kifoya qiladi. Vallohu a’lam!

21 Iyul 2022, 17:22 | Savol-javoblar | 148 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar