Ro‘zador oldida taomlanish

Assalomu alaykum! Hazrati Burayda roziyallohu anhu aytadilar: Bir kuni Nabiy Sallallahu alayhi vasallam Bilol Roziyallahu anhuga: "Ey, Bilol kel, biz bilan taomlan" dedilar... U: "Men ro‘zadorman" dedi. Shunda, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Biz o‘z rizqimizni eyapmiz. Bilolning rizqi esa jannatga saqlab qo‘yilyapti. Ey, Bilol bilasanmi, modomiki, ro‘zador huzurida taom eyilar ekan, uning suyaklari tasbeh aytib turadi va farishtalar uning haqqiga istig‘for aytib turadilar" dedilar. 1). Shu hadis sahihmi? 2). Ro‘zadorni oldida taom esa gunoh bo‘ladi deyishadi. Bu qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmon kishi ular oldida xor bo‘lib turganidan ko‘ra ularga yarasha muomala qilgani afzal. عن أم عمارة الأنصارية رَضِيَ اللَّهُ عَنها أن النبي صلى الله عليه وسلم دخل عليها فقدمت إليه طعاماً فقال: (كلي) فقالت: إني صائمة، فقال رَسُول اللَّهِ صلى الله عليه وسلم: (إن الصائم تصلي عليه الملائكة إذا أكل عنده حتى يفرغوا) وربما قال: (حتى يشبعوا) رَوَاهُ التِّرمِذِيُّ وَقَالَ حَدِيثٌ حَسَنٌ  Ummu Umora Ansoriya roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam uning huzuriga kirganlarida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga taom taqdim qildi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam “O‘zing ham egin” dedilar. U : “Men ro‘zadorman” dedi. Ro‘zadorni huzurida taomlanuvchilar forig‘ bo‘lgunlaricha farishtalar ro‘zadrga salovat aytib turishadi” deganlar. “Ba’zida to‘ygunlaricha deganlar” deb ham rivoyat qilgan. Termiziy rivoyati. 
Ikkinchi hadis noto‘g‘ri tarjima qilingan ekan. Ushbu hadis imom Buxoriy rahmatullohi alayhning “Adab al-Mufrad” kitoblarida quyidagicha kelgan. عَنِ ابْنِ عُمَرَ؛ مَرَّ أَعْرَابِيٌّ فِي سَفَرٍ، فَكَانَ أَبُو الْأَعْرابِيِّ صَدِيقًا لِعُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، فَقَالَ الْأَعْرَابِيُّ: أَلَسْتَ ابْنَ فُلَانٍ؟ قَالَ: بَلَى. فَأَمَرَ لَهُ ابْنُ عُمَرَ بِحِمَارٍ كَانَ يَسْتَعْقِبُ، وَنَزَعَ عَمَامَتَهُ عَنْ رَأْسِهِ فَأَعْطَاهُ. فَقَالَ بَعْضُ مَنْ مَعَهُ: أَمَا يَكْفِيهِ دِرْهَمَانِ؟ فَقَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: احْفَظْ وُدَّ أَبِيكَ لَا تَقْطَعْهُ، فَيُطْفِئُ اللهُ نُورَكَ Ibn Umardan rivoyat qilinadi:
«Safarda bir a’robiy oldimizdan o‘tdi. O‘sha a’robiyning otasi Umar roziyallohu anhuning do‘sti bo‘lgan edi. A’robiy:
«Falonchining o‘g‘limisan?» dedi.
«Ha», dedi Ibn Umar va orqasidan ergashtirib yuradigan eshakni berishga amr qildi va boshidagi sallasini echib, unga berdi. Shunda u bilan birga turganlardan biri:
«Unga ikki dirham kifoya qilmasmidi?!» dedi.
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Otangning do‘stligini muhofaza qil. Uni kesma. Yana Alloh nuringni so‘ndirib qo‘ymasin», deganlar», dedi Ibn Umar».
Sharh: 
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu safarda ketayotib, bir a’robiy – sahrolik arabni uchratib qolibdilar.
A’robiylar savodsizligi, soddaligi, muomalalari biroz qo‘polroq bo‘lishi bilan tanilganlar. Ana shu a’robiyning otasi hazrati Umar roziyallohu anhuning do‘sti bo‘lgan ekan.
A’robiy Ibn Umarga qarab: «Sen Umarning o‘g‘limisan?» debdi.
«Ha, men Umarning o‘g‘liman», debdilar Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu va unga bir eshak sovg‘a qilishga amr qilibdilar. So‘ngra boshlaridagi sallalarini ham echib, unga kiydirib qo‘yibdilar.
Shunda Ibn Umar roziyallohu anhuning hamsafarlaridan ba’zilari: «Bunga bir-ikki dirham berib qo‘ysangiz ham bo‘lardi», deyishibdi.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Otangning do‘stligini muhofaza qilgin, saqlagin, uni kesmagin, kessang, Alloh taolo nuringni so‘ndirib qo‘yadi», deganlarini eshitganman. Shuning uchun bu odam ikki dirhamga loyiq bo‘lsa ham, eshak mindirib, sallamni kiydirdim», debdilar.
Boshqa rivoyatlarda hamsafarlari: «Bu kishi oz narsa bilan ham xursand bo‘laverardi», deyishgani, shunda Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhuning «Uning otasi otamning do‘sti edi, shuning uchun ehtirom qilyapman, chunki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunga amr qilganlar», deganlari aytilgan.
Demak, farzand ota-onasiga ular vafot etib ketgandan keyin ham yaxshilik qilishni istasa, ota-onasi do‘st tutgan kishilarni do‘st tutib, ularga yaxshilik qilib, Ibn Umar roziyallohu anhu ulov mindirib, kiyim berganlari kabi ishlarni qilib borishi kerak bo‘ladi. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 172 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar