Kartamga adashib pul tushirishdi
Assalomu alaykum! 4 kun avval mening plastik kartamga 580.000 ming so‘m tushdi. U taxminimcha adashib tushirilgan u pul kim tomonidan kelganini bildim va bank orqali u kishini topdim telefoniga tushib bo‘lmadi sms xavar yozdim javob kelmadi va oxiri ijtimoiy tarmoqdan u kishini topib yozdim adashib pul tashlaganmidingiz desam xa dedida parvoyam qilmadi gaplarimga va men ishonch xosil qilish uchun unga menga tashlagan kartangizni va to‘lov tarixini yuboring agar u kishi xaqiqatdan siz bo‘lsangiz pulingizni qaytarib o‘zingizga beraman desam u menga so‘ragan narsamni yubormadi. U pul balki menga Allox tomonidan berilgandir balki bu sinovdir deb o‘ylab qoldim. Endi u pulni nima qilsam bo‘ladi, ishlatsam menga xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egasi kim ekanini bilar ekansiz. Qaytarib bering. Ishlatishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Egasi kim ekanini bilar ekansiz. Qaytarib bering. Ishlatishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 10:58 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom