Qaynota badanini keliniga massaj qildirishi

Hurmatli Hazrat.[size=8pt]Ushbu savolni berishimdan avval forumni juda yaxshilab qidirib o‘qib chiqdim. Forumda kiril hamda lotin harflari baravar ishlatilgani tufayli ancha vaqtim ketti. Lekin bermoqchi bo‘lgan savolim forumda mavjud emas ekan.[/size]Men kelinman. Meni erim, qaynona-qaynotam bor. Qaynotam yotiqlik kasal yoki yurolmaydigan kasal emas. Soppa-sog‘ odam. Faqat yoshlari 50dan oshgani uchunmi, bellari va elkalari ba‘zida og‘rib turadi. Mana shu kunlari qaynotam menga o‘z badanini massaj qildiradilar.Men kelin bo‘lib tushgunimga qadar bu ishni qaynonam qilar edilar. Hozir ham qaynonam qilib turadilar.Ammo men bolachalar massajidan xabarim bo‘lgani uchun qaynotam menga massaj qildirishni ma‘qul ko‘radilar. Lekin men uchun bu erda bir nechta noxush holatlar mavjud:1. Qaynotam massaj qildirganlarida 10-15 minut emas, eng kamida bir soat, bo‘lmasa 2 soatlab massaj qildiradilar. Men juda ham charchab qolaman.2. Qaynotam yuqori qismdagi kiyimlarini va maykalarini to‘liq echib tashlab, faqat shimda qoladilar. Shu holatta erga yotib yoki stulga o‘tirib oladilar. Men esa erda bo‘lsa yonlariga o‘tirib, stulda bo‘lsalar tik turib 1-soattan oshiq massaj qilaman. Oldimizda qaynonam ham doim birga o‘tiradilar.Savollarim quyidagilardan iborat:1. Men qaynotamni massaj qilishga majburmanmi? [size=7pt](ha yoki yo‘q)[/size]2. Men qaynotamga sizni massaj qilmayman deyishga haqqim bormi? [size=7pt](ha yoki yo‘q)[/size]3. Qaynotamning "men massaj qilmayman" deyishimdan ranjishiga haqqi bormi? [size=7pt](ha yoki yo‘q)[/size]4. Men qaynotamga faqat uzog‘i bilan 15-20 minut massaj qilaman deb kelishib olishga haqqim bormi? [size=7pt](ha yoki yo‘q)[/size]5. Va eng muhim savolim Kelin o‘z Qaynotasini elka sohalari, bel sohalarini massaj qilishi shariatimiz tarafidan Halolmi yoki Harommi yoki Makruhmi...?Iltimos yuqoridagi savollarga (Ha/yo‘q) tarzida javob berib, mana shu oxirgi savolimga to‘liqroq javob berishingizga muhtojman.Haqqingizga Allohdan hayrli duo qilib...
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu ishni qilish mutlaqo mumkin emas!

28 Aprel 2022, 00:15 | Savol-javoblar | 188 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar