Singlimni ro‘za tutishi
Assalomu alaykum! 12 yoshlik singlim ro‘za tutishda qiylanyapti yoki sabr qila olmasdan yoki nafsdanmi ro‘za tutmayman, maktabda xech qaysi sinfdoshim tutmaydi qorni ochib ketyapti deb xar kuni saxarlikda muammo qilyapti, onam bo‘lsalar majburlab saxarlikka turgizib tutishda majburlayapti. Albatta bilamiz ro‘za tutishimiz farz lekin bu yo‘l singlimda faqat nafrat uyg‘onayatganday.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Singlingiz balog‘atga etgan bo‘lsa, ro‘za tutishi kerak. Maktabdagi sinfdoshlari ro‘za tutmaganligi tufayli unga bu yana ham qiyin tuyulayotgan bo‘lishi mumkin. Vaziyatni to‘g‘ri o‘rganib singingizni ibodatlarga qiziqtirishingiz kerak. O‘zi bilan teng biror ibodatli qiz bilan dugona qilib qo‘ysangiz ham yaxshi o‘zgarish bo‘ladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 158 | Ro‘za