O‘tgan ota-onaning nomidan zakot
Assalomu alaykum! Onamlar so‘rab berishimni iltimos qildilar. O‘tib ketgan buvi va do‘damlarning nomlaridan onamlar zakot bersalar bo‘ladimi? Raxmatli buvi do‘damlar oddiy, o‘rtaxol yashashgan, tilla taqinchoqlari ham juda kam bo‘lgan. To‘y hashamlar uchun qarz ham olib turishar edi, lekin ro‘zg‘orligi but bo‘lgan. Diniy bilimligi uncha bo‘lmagan, soviet davrida zakot haqida ko‘pchilik bilmagan jumladan mening buvi va do‘damlar ham. Endi onamlar havotirdalar, ota onalari zakot berishmagan bo‘lsa men bersamchi deb so‘rayaptilar. Nima qilsinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot bu moliyaviy ibodatdir. Ibodat durust bo‘lishi uchun niyat shart qilingan. Vafot etgan shaxslar nomidan zakot chiqarishda o‘sha shaxsning niyati topilmagani uchun durust emas. Ularning nomidan oddiy sadaqa qilish joiz. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 171 | Zakot