Allohga solish
Assalomu alaykum! Men onaman. Ma’lumki onalar g‘azablansada qalbida farzandiga nisbatan g‘arazlik bo‘lmaydi. Faqat achchiq ustida qattiq gaplar bilan so‘kib yuboramiz. Meni uglim 10 yosh telefonimni ruxsatsiz olib yutubga kirib bexayo narsalarni ko‘rganini bilib qoldim. O‘tirib rosa nasixat qildim o‘g‘lim rosa yig‘ladi. Oxiri tarbiyangni Allohdan boshqasi to‘g‘rilay olmaydi men faqat sababchiman deb tarbiyasini Allohga topshirish maqsadda "Seni Allohga qo‘yib qo‘ydim" deb yubordim. Lekin Allohga solish maqsadida emas. Endi nima bo‘ladi. Ich etimni eb yubordim. Begunox farzandimni qarg‘ab qo‘ydimmi deb.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zingiz “tarbiyasini Allohga topshirish maksadda” deb yozibsizku, nega tushkunlikka tushasiz. Farzandlaringizni kitob mutolaasiga qiziqtiring. O‘zingiz ham kitob o‘qing. Siz nimaga ko‘proq qiziqsangiz farzandlaringiz ham sizdan o‘rnak olaveradi. Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2023, 13:12 | Savol-javoblar | 0 | Oila va turmush