Tarozidagi ozayish yoki ko‘payish

Assalomu alaykum! Ushbu hadisning sharhi bo‘yicha «Kam qilib bergan bitta doni sababli kengligi osmonlaru ercha keladigan jannatni sotib yuborgan kimsaga vayl bo‘lsin. Ortiqcha olgan bitta doni sababli vaylni sotib olgan kimsaning holiga voy bo‘lsin»(kitob- "gunohi kabiralar"). Tarozida o‘lchanayotganda 1 kilogram narsa olmoqchi bo‘lsak 1010gram bo‘lib ketadi, lekin 1kg ga pul to‘laymiz bu to‘g‘rimi? Yoki sotuvchi so‘ramasak ham ozroq qo‘shib beradi. Bu ham gunohga kiradimi? Gunoh bo‘lsa agarda olgandan keyin ozroq qismini tahminlab olib tashlasak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bu kelishuvga bog‘liq. Rozilik bilan bersa zarar yo‘q. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 02:24 | Savol-javoblar | 152 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar