Xayzni to‘xtatadigan dori
Assalomu alaykum! Ayollarda xayz kelganidan ichib uni to‘xtatadigan dori bor ekan. Oldindan olib uni keltirmaydigan ukoli yo‘q ekan. Xozir bu erda (xajdaman). Shu tabletka soatma soat ichilib xayz to‘xtatilar ekan. Men shuni ichsam xayzim to‘xtasa pok xukmida bo‘lamanmi ya’ni ibodatlarni bemalol qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dori vositasida hayzni to‘xtatib, tavofi ziyorat qilish.
Ayol kishi tavofi ziyorat yoki tavofi umra vaqtida hayz kelib qolishidan qo‘rqsa va hayz kunlari o‘tguncha kutib turish u uchun mushkul bo‘lsa, bu suratda hayz boshlanishidan oldin hayzni to‘xtatuvchi dori iste’mol qilib, tavofi ziyorat yoki tavofi umra qilsa, tavof sahih (durust) bo‘ladi. Unga biror jarima lozim bo‘lmaydi. Basharti, bu muddat ichida hayz qonining dog‘i va boshqa belgilari namoyon bo‘lmasa. Lekin qattiq zarurat bo‘lmay turib, bunday dorini iste’mol qilmaslik kerak. Chunki bundan ayol kishining sog‘lig‘iga jiddiy nuqson etishi mumkin («Fatovo Rahimiyya»).
Hayz boshlangandan so‘ng dori vositasida to‘xtatilsa, so‘ng odat kunlarida yana qayta hayz kelsa, buning hukmi nima?
Ayol kishi hayzi boshlangandan so‘ng uni dori vositasida to‘xtatib, tavofi ziyorat qilsa, so‘ng odat kunlari ichida ikkinchi bor hayzi kelsa, u holda ayol mazkur tavofni hayz holatida ado etgan, deb hisoblanadi. Chunki bu holat hayz chog‘ida oraga tushgan poklik hukmida bo‘ladi. Ayol kishining odat kunlari ichidagi vaqtinchalik pokligi ham hayzdir. Shu sababli, ya’ni yuqorida zikr qilingan ayol tavofi ziyoratni hayz holatida bajargani uchun unga badana (tuya yoki mol) qurbonlik qilish lozim bo‘ladi. Albatta, agar pok bo‘lgandan keyin tavofni qayta bajarsa, bu jarima soqit bo‘ladi. «Manosiki Mullo Aliy al-Qoriy» kitobida aytilishicha: «Bunday qilishda gunoh ham bordir. Shuning uchun tavofni qayta bajarish bilan birga tavba qilish ham lozimdir. Agar tavofni qayta ado etmasa, badana (tuya yoki mol) qurbonligi bilan birga tavba ham lozim bo‘ladi». Agar dori vositasida hayzni to‘xtatib, tavof qilgandan so‘ng odat kunlari tugaguncha hayz qaytib kelmasa, bu suratda tavof bekarohat sahih (durust) bo‘lib, biror jarima ham lozim bo‘lmaydi («G‘unyatun-nosik»). Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2023, 17:23 | Savol-javoblar | 0 | Ayollarga oid masalalar