Choy quyish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, kattalarimizga choyni chap qo‘limizda quyib piyolaga, o‘ng qo‘limizda uzatsak, chap qo‘lda quyib bo‘lmaydi deyishadi, qaytarib berishadi. Shariatimizda shu haqida nima deyilgan?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning gapi shariatga ziddir. Chap qo‘lda eb-ichish joiz emas. O‘zlari ham aytgan gaplariga zid ish qiladilar. Obdastada tahorat qilayotib, chap qo‘li bilan o‘ng qo‘liga quyib og‘zilariga suv oladilar. Shariat bunaqa bemazagarchilikka buyurmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:28 | Savol-javoblar | 213 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar