E’timod ta’rifi
Assalomu alaykum! "Hislatli hikmatlar sharhi" kitobining 1-juzi 49-50-betlardagi quyidagi iqtibosni tushuna olmadim: "E’timod quvvatni bir narsaga bog‘lab qo‘yishdir. U nafsni maqsadga erishtiradigan narsaga chorlovchidir. Uning hosil bo‘lgani alomati e’timod qilingan - suyanilganni ustun qo‘yish, oldinga yurish va orqaga qaytishda unga nazar solishdir. Bu masalada odamlar uch toifadan iboratdir: 1. Amaliga e’timod qiluvchi. Xavfu rajoda amalga bog‘liqligi uchun uning maqomi Islomdir. 2. Alloh taoloning fazliga e’timod qiluvchi. Oldinga intilish va ortga tislanishda qudratga bog‘liq uchun uning maqomi iymondir. 3. Azaliy qismatga va chiqarilgan hukmga e’timod qiluvchi. O‘z holiga shohidligi uchun uning maqomi ehsondir." Iqtibos tugadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Alloh taoloni tanigan insonlar biror toat-ibodatni bajarsalar uning evaziga savob kutmaydilar. Chunki o‘zlarini o‘sha amalni qiluvchi deb ko‘rmaydilar. Kengchilikda ham, tang holda ham faqat U zotning o‘zini ko‘radilar, uning buyrug‘iga qaraydilar, uning haybatidan qo‘rqadilar va uning huzurida uns topishni ilinjida bo‘ladilar. Boshqalar esa Alloh bilan emas balki o‘z nafslari bilan o‘ralib qolgandirlar. Chunki qilayotgan amallarini o‘zlariniki deb ko‘radilar. Uni Allohdan ekanidan johil qoladilar. Amallari uchun Allohdan savob va mukofot ta’ma qiladilar. Amallarining ko‘paygani sari unga suyanib, xotirjamlikni his qila boshlaydilar. Ulardan biror gunoh yo toyilish sodir bo‘lsa, amalga suyanganlari tufayli Allohdan umidlari ozayadi. Solih amallarini o‘zlarining suyangan tog‘i deb biladilar. Kimdaki o‘zida shu holni ko‘rsa o‘zining haddini bilsin. Amallari ko‘pligidan o‘zini Allohning muqarrab bandalaridan deb sanab qo‘ymasin. U avom insonlardandir. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:03 | Savol-javoblar | 138 | Ruhiy tarbiya