Stol o‘yini
Assalomu alaykum! Xozirda telegram tarmog‘ida stol deb nomlangan o‘yin ommalashib bormoqda. Xususan meni ayolim xam shu o‘yinga qiziqish bildirmoqda. Man bu o‘yinadan bu qimor deb qaytardim lekin nima sababdan o‘ynamaslik kerakligini ishontirib bera olmadim. Bizlardan iltimos shuni tolaqonliroq tushuntirib bersangiz. Taxminiy bilishimcha 100 so‘m o‘yinga qo‘yib 800 sym olishmoqda.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Shu qoidaga tushgani uchun joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Qimor ikki ishdan iboratdir. Bir tarafdan pul to‘lanishi aniq, nariga tarafdan to‘lanishi aniq emas. Ikkinchisi pul tikkan kishining holati ikki qismga bo‘linadi. Tikkan puli to‘laligicha botib yo‘q bo‘ladi yoki narigi tarafning molini to‘laligicha tortib keladi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:10 | Savol-javoblar | 164 | Dolzarb savollar