Da’vatchi turistlar

Assalomu alaykum! Bugun dugonam bilan o‘tirganimizda 2 ta Koreyalik turist qizlar kelib o‘zbek tilini o‘rganishayotganini va suhbat qurishni taklif qilishdi. Suhbat davomida Iysoga ibodat qilishlarini aytishdi va siz ularni taniysizlarmi deb so‘rashdi. Men qisqa qilib Iyso Bibi Maryamning o‘g‘illari va payg‘ambar ekanliklarini aytib mavzuni yopdim. Ular buni sezgandek ham bo‘lishdi(bu mavzuda eshitishni hohlamaganimni). So‘ng boshqa mavzularda, ta’lim, texnika, rivojlanish inliz tili va hokazolar haqida gaplashdik. Ular Yaponiya, Turkiya, Qozog‘iston kabi ko‘plab davlatlarda bo‘lganini va O‘bekiston ularga eng ko‘p yoqganini aytib tashakkurlar aytishdi. Suhbatdan keyin bekor ular bilan gaplashdim, gaplashmasligim kerak edi deb juda tashvishlanib qoldim. Uyga qaytgunimcha tavhid kalimasini va istig‘for aytib keldim. Men noto‘g‘ri qilmadimmi, shunday masalalarda qanday yo‘l tutish kerak? Noto‘g‘ri yo‘l tutgan bo‘lsam qalbimni qanday hotirjam qilaman, yo‘l ko‘rsating, iltimos.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz to‘g‘ri ish qilgansiz. Ular missionerlar bo‘lib dinning dushmanlaridir. O‘zbekistondan ularni harakati qonun bilan ta’qiqlangan. Kimda kim sizga o‘xshab ularga duch kelsa tezda tegishli tashkilotlarga aytib chora ko‘rish kerak. Turistlarni bizni yurtimizga kirib kelib bunday buzg‘unchi g‘oyalarini tarqatishi qonunan man qilingan. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:09 | Savol-javoblar | 162 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar