Ro‘za buzilishini bilmaslik

Assalomu alaykum! Bir ikki tanishim ro‘za buzilishini bilmasligi uchun xato qilibdi. 1. Gemaroydan qon ketibdi. Bilmasdan buzildi deb o‘ylab ovqat ebdi. Bunda buziladi deb o‘ylagan ekanlar. Kafforat tutiladimi qazomi? 2-tanishimda tomirdan ukol olibdilar. Hamshira ro‘za buzilmaydi debdi. Shu uchun buzilmagan bo‘lsa kerak deb iftorda og‘iz ochibdilar. Qazo tutadilarmi? 3. Ayoli erini ro‘zador emas deb o‘ylab erini farjini qo‘li bilan ushlaganiga shahvat chiqibdi. Aynan yaqinlik bo‘lmagani uchun qazo tutiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qazo ham kafforat ham tutib beradi.2). Qazosini tutib beradi.3). Maniy chiqqan bo‘lsa qazosini tutadi. Kafforot vojib emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:11 | Savol-javoblar | 133 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar