Salovat aytilganda engashish
Assalomu alaykum! Ustozlar, namozdan keyin Qur’on tilovat qilinib, avvalambor Payg‘ambarimiz xaqlariga bag‘ishlagan paytda bizda namozxonlar enkayib hurmat bajo keltirishadi bu amal dinimizda bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Musulmon kishi qilishi mumkin bo‘lgan har bir amalni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytib, o‘zlari bajarib yoki o‘zgalar u zotning huzurida bajarishsa tasdiqlab joiz yoki nojoizligini bayon qilganlar. Aytilmagan yoki qilinmagan hech bir ish qolmagan. Unga o‘zimiz tomonimizdan qo‘shimcha yangilik kiritishimiz to‘g‘ri emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam muborak nomlari zikr qilinganda salovat aytishga buyurilganmizundan boshqa biror bir amal yo‘q. O‘zimizcha unga nimalarnidir qo‘shimcha qilishimiz to‘g‘ri emas. Shariat itoat qilishdan iborat. Bir misol, bir kishi asrdan keyin mukammal tahorat olib, riyo bo‘lmsin deb uyning eng ichkarisiga kirib yig‘lab-yig‘lab gafl namozi o‘qisa, bunday kishi gunohkor hisoblanadi. O‘z o‘zidan nega degan savol beriladi, chunki shariatimizda asr bilan shom o‘rtasida nafl o‘qilmaydi deyilgan. Bu inson esa shariat aytganiga bo‘yinsunmay o‘z xohishiga amal qilmoqda. Vaholanki siz aytgan duo, ko‘rishi yoki gunohlar to‘kilish qaydayu, qiyom, sajda va qiroat kabi farzlarni ado qilish qayda. Bid’atda fayz bo‘lmaydi, u shaytonning vasvasasi xolos. Nafs ba’zan insonga shariatga xilof bo‘lgan ishlarni chiroyli qilib ko‘rsatadi. Alloh taolo bu kabi ishlarni qoralab Somiriy haqida hikoya qilib: قَالَ بَصُرْتُ بِمَا لَمْ يَبْصُرُوا بِهِ فَقَبَضْتُ قَبْضَةً مِّنْ أَثَرِ الرَّسُولِ فَنَبَذْتُهَا وَكَذَلِكَ سَوَّلَتْ لِي نَفْسِي 96. U: «Ular ko‘rmagan narsani ko‘rdim. Bas, rasulning izidan bir siqim oldim, so‘ngra uni tashladim. Nafsim menga shunday qilishni xush ko‘rsatdi», – dedi. (Toha surasi). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:00 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar