Do‘stim boshqa dinga o‘tib ketdi

Assalomu alaykum! Meni bir tanishim boshqa dinga e’tiqod qilishini bilib qoldik va shu zaxoti uni bu yo‘ldan qaytarishga urundim. U men bilan baxslasha boshladi oxirgi gapi shu bo‘ldiki “Hali hammang ko‘rasan Isus keladi bizani saralab oladi. Qiyomatda hammasini bilib olasan, qarab tur” dedi. Undagi ishonchni ko‘rib jimib qoldim. Nima deyishni bilmay qoldim. Axir u ham biz Islom diniga qandoq ishonayotgan bo‘lsak u ham o‘z diniga Isusga qattiq ishonyapti-ku, uni fikricha xozir u boshqa dinga e’tiqod qilsa masalan Islom diniga o‘tsa u do‘zaxi bo‘laman deb o‘ylayapti. Uni qiyomatdagi ahvoli qanday bo‘ladi? Shu haqda ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bayyina surasini tafsirini o‘qib bering. Ahmad Diydatning videolarini ham qo‘yib bering. Siz imkon boricha uni hidoyatga, islomga qaytarishga harakat qiling. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 01:21 | Savol-javoblar | 137 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar