Lo‘lining qilgan ishi sexrmi?
Assalomu alaykum! Bugun uyimizga ota-onamni xoxishi bilan lo‘li xotin keldi, uyimizdagi mebellarni surib orqasini supurishga tushdi, ochig‘i boshlanishiga haydab yubormoqchi bo‘ldim, Ota-Onamdan qo‘rqib inday olmadim. Mebellarimiz tagidan ikkita tugunga o‘xshash narsa chiqdi, uni ichidan esa qandaydur soch,zanjir, qo‘g‘irchoq va igna chiqdi. Hamda Ota-Onamni qayd qildirdi ularni tomog‘idan esa qandaydur tosh chiqdi. Keyin hammamizni bir-bir elkamizdan qoqib bir nimalar deb o‘qib qo‘ydi. Ota-onamdan qo‘rqqanim uchun majbur rozi bo‘ldim Astag‘firulloh, ochig‘i rosa qo‘rqib ketayabman. Bu sexrmi? Alhamdulillah men 5 vaqt namozda bardavomman, har kuni uyda ixlos bilan tilovatlar qilar edim, duolar qilar edim, sexrdan qaytaruvchi ikki buyuk surani esa hech kanda qilmas edim, lekin vaziyat shunday. Ochig‘i bu narsani boshqa qaytarilishini xoxlamayman, bu holatda nima qilish kerakligi endi qanday yo‘l tutish kerakligini bilmayabman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hali ham xalqimiz johil, laqma, go‘l. Ya’ni lo‘lini ko‘ylagini engidan tushib qoladigan narsani sezmaydigan darajada befarosat. Ularga nima deb maslahat berishimiz mumkin? Alloh taolo va rasuli undaylarga ishonma deb turgan bo‘lsa... Sizlarni uyingizdan chiqqan narsani ayni o‘zi o‘sha lo‘li kiradigan hamma uydan chiqsa... Vallohu a’lam!
7 May 2022, 11:00 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar