2-rakatdan attahiyat duosidan oldin turish

Assalomu alaykum! Asr namozida 2-rakatda attahiyot duosini o‘qish esdan chiqib 3- rakatga tursa shunda esiga keb qolsa nima qilish kerak? Man 3-rakatda o‘qib va yana 4-rakatdayam o‘qib tugatdim namozimni?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Birov birinchi qa’dani esdan chiqarib turib ketayotganda eslab qoldi. Agar uning holati o‘tirishga yaqin bo‘lsa, qaytib o‘tiradi va tashahhud o‘qib, salom beradi. Agar holi turishga yaqin bo‘lsa, qaytmaydi. Namozni davom ettirib, oxirida sajdai sahv qiladi. Vallohu a’lam!

8 Oktabr 2023, 16:37 | Savol-javoblar | 0 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar