Akaning ukaga nisbatan tarbiya berishi
Assalamu alaykum! Ukamning yoshi 17da bo‘lib, u benamoz va betavfiq. Men to‘ng‘ich farzandman, bir necha kundan beri namoz o‘qishligini nasihat bilan buyurib, yotig‘i bilan tushuntirib keldim. U esa parvo qilmay, ko‘nglimga tushsa o‘qiyman deb dangasalik qilib kelayabdi. Ota-onam ham beparvolar, deyarli uning tarafini oladilar. Bugun va nihoyat beg‘azab aql bilan, nasihat o‘laroq namoz o‘qimagani uchun kaltak bilan bir-necha bor urdim. Hadisga muvofiq 10 yoshda o‘qimasa ota-onalar urishga buyurilgan-ku. Mazkur qilayotgan ishim to‘g‘rimi? Men ukamga aka sifatida qanday tarbiya beray, u johil bo‘lib ketayabdi. Uni gunohlardan chetlatishga harakat qilsam, ota-onam “aralashma” deb meni koyiydilar. Xususan do‘stlarim o‘z singilarini ochiq-sochiq erkakshoda yurganiga so‘kadi va uradi. Ota-onasi bechora akani so‘kadi. U esa Alloh taoloning buyrug‘i uchun jon kuydiradi. Islomda aka o‘z uka va singillariga qanday tarbiya bermoqlari haqli? Islomda uka akasiga qanday nasihat qilishi haqli?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Yaxshiliklar va silai rahm ” kitobini o‘qing. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! “Yaxshiliklar va silai rahm ” kitobini o‘qing. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:03 | Savol-javoblar | 175 | Turli savollar