Ramazon ro‘zasining fidyasi

Assalomu alaykum! Onam sog‘liklari tufayli ramazon oyida ro‘za tuta olmaydilar (oshqozon bilan bog‘liq kasallik). Shunday holatda tutilmagan ro‘zalar kunini hisoblab fidya berilishi kerakligini bilaman. Fidyani onam uchun niyat qilib men bersam bo‘ladimi yoki o‘zlarini pensiyalaridan berilishi shartmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Fidyani onangiz o‘zi yoki boshqa kishini vakil qilib ado qilishi zarur. O‘zi ishlab topgan mablag‘idan bo‘lishi shart emas. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 146 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar