Namozda kiyim

Assalomu alaykum! Ba’zi bir birodarlarimiz faqatgina ko‘ylakning o‘zinigina kiyib ta’nasining rangi ko‘rinib qolyapdi, misol uchun oq ko‘ylak. Shu holatdagi namozlari o‘tadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avrat qismida shunday bo‘lsa namoz o‘tmaydi. Erkakning avrati kindigi osti, biqini va beldan ham kindigi barobaridan boshlanib to tizzasining ostigacha bo‘ladi. Ba’zilar kindigini ostini berkitishga harakat qilishadi, lekin orqa tomonidan kindigining barobari joylari ochilib qoladi. Bunga e’tibor qaratish kerak. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 151 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar