Koreada universtitet tanlash

Assalomu alaykum! Biz Janubiy Koreaga o‘qish maqsadida kelganmiz. Bizga ma’lumki Koreada turli dinlar mavjud va diniy universtitetlar ham mavjud. Ammo ba’zi universtitetlar borki ularda dunyoviy va diniy yo‘nalishlar bor. Ko‘pida universtitet nomiga "Satolis university" nomi qo‘shilgan bo‘ladi ba’zilarida esa uni bilib bo‘lmaydi, qachonki universtitetlar haqida to‘liq ma’lumotni internetdan topmaguncha... Savolim shundayki, mana shu kabi boshqa dinlar bilan bog‘liq universtitetlarning dinga bog‘liq bo‘lmagan fakultetlarida o‘qishimiz mumkinmi? Masalan, iqtisod, marketing, turizm sohalarida o‘qisak bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar diningiz va etiqodingizni himoya qilib yashash mumkin bo‘lsa, joiz. Vallohu a’lam!

23 May 2022, 11:16 | Savol-javoblar | 135 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar