Savdo-sotiq masalasida hali yangi
Assalomu alaykum! Men yaqinda 2021 yildan boshlab texnika sotish tadbirkorlik faoliyatini boshladim, 1-savolim.Bir tanish inson mendan kompyuter noutbook harid qildi va shartli belgilangan kun ichida pulini yani 2 oy ichida to‘lab berishini aytib mendan noutbook oldi va hech qanday o‘rtamizda foiz ribo yo‘q edi. Ammo shu fursat ichida ushbu pulni to‘lab berolmasa menga keltirilgan zararni qoplab berishini aytib tilxat ham yozib berdi,Vaholangki bu vaqt ichida ushbu pulni menga qaytara olmadi turli bahonalar bilan hali hanuzgacha men sotgan texnikaning puli to‘liq qaytarilmagan.Shuningdek men savdo-sotiq masalasida hali yangi tadbirkorligim uchun narx navo doim o‘zgarib turishini endi bildim 2021-yildan $ dollar 2022-yilga kelib $ keskin ko‘tarilib ketdi,va men u hozir qaytargan taqdirida ham o‘sha texnikani o‘zini ham sotgan pulimga ololmayman.bu vaziyatda men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi. 2-savolim.boshqa bir tanish inson ham huddi shunday mendan qimmat baho texnika oldi va olgan kunning o‘zida mendan olgan texnikasini boshqa joyga olib borib arzoniga sotib o‘zining manfaati uchun ishlatgan.u ham menga haligacha to‘liq pulini qaytarmagan. O‘rtamizda kelishilgan mudadan 7 oy o‘tib ketdi,texnikani sotganda biz bunday shartga kelishmaganmiz.bu inson ham tilxat yozib bergan agar vaqtida to‘lay bermasa barcha zararlarni qoplab berishga. O‘sha sotgan texnikamni pullarni olishga juda qiynalyabman har kuni oliga borib qarzini qaytarishini men zarar ko‘rishimni aytyabman. 3-savolim.Eng achinarlisi men tadbirkorlikni bir yaqin Tanishimdan qarz olib uning puliga sherikchilikka boshlagan edim.Alhamdullilah taqdirimizga bunday bo‘lishi bor ekan, endi bu masalada menga maslahat bering men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?! Do‘konimizga juda ko‘p insonlar qarzga texnika so‘rab keladilar endi bunday vaziyatga qanday yo‘l tutsam to‘g‘ri bo‘ladi?maslahatlarizga muhtojman oldindan rahmat sizlarga Alloh panohida barchamizni asrasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Siz kelgusida bozorda narxlar o‘zgarishini hisobga olib, shunga munosib narx qo‘yib savdo qilishingiz lozim edi. Necha pulga sotgan bo‘lsangiz o‘shandan ortig‘ini talab qilishga haqqingiz yo‘q.3). Qarzlar o‘z vaqtida to‘lanishini kafolatlash uchun shariatimiz garov olish va kafil tayinlashga ruxsat bergan. Shulardan foydalaning. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 131 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Siz kelgusida bozorda narxlar o‘zgarishini hisobga olib, shunga munosib narx qo‘yib savdo qilishingiz lozim edi. Necha pulga sotgan bo‘lsangiz o‘shandan ortig‘ini talab qilishga haqqingiz yo‘q.3). Qarzlar o‘z vaqtida to‘lanishini kafolatlash uchun shariatimiz garov olish va kafil tayinlashga ruxsat bergan. Shulardan foydalaning. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 11:17 | Savol-javoblar | 131 | Moliya va tijorat