Qosh terish haqida

Assalomu alaykum! Man qoshimmi doim emas to‘y xashamlarga borganda nomiga terib qo‘yaman. Kattalar yoshligimizda qosh terish gunox u dunyoda qosh guvoxlik berar ekan deyishardi. Xullas qosh terishga ruxsat berishmasdi. Shu gap to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy Alloh umrini uzoq qilsin o‘zlarining bir ma’vizalarida bir boy oilaning boshidan kechirgan voqe’asini aytib berganlar. U xonadon sohibining o‘zi bu ishni zikr qilgan. bir qizim bo‘lar edi. Boy bo‘lganimiz uchun hamma xohish istaklarini bajarardim. Zamonaviy maktabga o‘qishga berdim, o‘ranmadi, diniy ta’lim olmadi, dugonalari kabi ochiq-sochiq hayot kechirishni o‘rgandi. 20 yoshga etganida vafot topdi. Bir kun tush ko‘rib qoldim, tushimda qizimning boshi juda katta bo‘lib shishgan, birorta ham sochi yo‘q edi. Lablari shilib olingan tirnoqlari esa sug‘irib tashlangan edi. Qattiq azob tortayotgani ayanchli holatidan ma’lum edi. O‘zimni qo‘yarga joy topolmay nega bunday bo‘lganini so‘radim. Qizim : “Vafot topishim bilan jasadim juda katta holga keldi. Sochimning tolalari daraxtning shoxlari kabi kattalashdi. Azob beruvchi farishta yonimga kelib Alloh seng bu sochlarni berkitishga buyurgandi sen esa uni hammaga ko‘z-ko‘z qilding deb bittalab yula boshladi. Har bir tolasi yulinganida chekkan azobimni bilsangiz edi. Bir bor o‘lib yana tirilgandek bo‘lardim. Lablarimga qarab sen bu lablarga Alloh harom qilgan narsalarni chaplar eding deb lablarimning terisini shilib oldi. Tirnoqlarimga qarab bu qo‘ygan laklaring g‘uslda poklanishdan seni qaytargandi deb laklarni ko‘chirishga tushdi. Shu bilan tirnoqlarimni bittalab sug‘irib oldi” dedi. Alloh qaytargan ishni arzimas deb bilmang. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 22:14 | Savol-javoblar | 236 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar