Naqd pul va tijorat molidan zakot chiqarish
Assalomu alaykum! 10.04.2022yil xolatiga ko‘ra xususiy do‘konda, sotish uchun masalan 20.000dollar tovar qoldi. 01.05.2022yildan to 01.04.2023yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida yuqoridagi 20.000dollar hisobidan, soliq tulovlari uchun 4000dollar, do‘konda ishlovchi ishchilar uchun 7000dollar ish xaqi, do‘konni kommunal tulovlari uchun 3000dollar va o‘zimni oilamni oziq-ovqati, kiyim-kechagi uchun 2000dollar majburiy xarajatlarim bor. 01.04.2023yilgacha oyma-oy tulab berishim kerak bo‘lgan jami xarajatim 16.000dollarni tashkil qilmoqda. Do‘kondagi 20.000dollar tovardan, 16.000dollar xarajatni minus qilsak 4000dollar tovar qoladi. 1-SAVOL: Yuqoridagi xolatda zakot qaysi so‘mmadan chiqariladi? 20.000dollardanmi yoki xarajatlar minus qilingandan keyin qolgan 4000dollardanmi? 2-SAVOL: Naqd pul nisobga etdi, lekin bir yil tulmagan. Bu xolatda naqd pul do‘kondagi tovar so‘mmasiga qo‘shiladimi yoki naqd pul uchun alohida xisob-kitob yuritilib bir yil tulgach zakot chiqariladimi? Iltimos, ushbu ikkita savolga batafsil javob yozib yuboring?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yigirma mingdan zakot chiqariladi.2). Qo‘shib hisoblanadi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 142 | Zakot
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Yigirma mingdan zakot chiqariladi.2). Qo‘shib hisoblanadi. Vallohu a’lam!
23 May 2022, 16:49 | Savol-javoblar | 142 | Zakot